O‘tgan BIGPLAY Jam Contest haqida eng asosiysi
30-avgust kuni Gorilla Golden Square haqiqiy hayajon markaziga aylandi. BIGPLAY Jam Contest – sport va kiberport bir maydonda bemalol yonma-yon bo‘lishi mumkinligini isbotlashni maqsad qilgan event.
Maydonga kirganingizdan boshlab, bu oddiy zerikarli turnir emas, balki mobil o‘yinlar, skevbording va kick-skutering madaniyatining simbiozi bo‘lgan harakat ekani ko‘rinib turardi. Bir tomonda spotlar – reylar, fanbokslar, zinapoyalar. Ikkinchi tomonda – monitorlar va qurilmalarini mahkam ushlab o‘tirgan geymerlar.
Avvaliga maydon 16 yoshgacha bo‘lgan junior skeytbordchilar va skuterkachilarning e’tiborini tortdi. Ulardan keyin amateurlar – yangi boshlagan rayderlar va albatta, pro-lar. Atmosfera uchun esa freestyle-zona bor edi – bu yerda kim xohlasa, kelib “pog‘onab”, o‘z stilini ko‘rsatishi mumkin edi.
Musobaqalar Best Trick bilan boshlandi: uchta urinish, spotni o‘zing tanlaysan. Xato qildingmi? Hakamlar hammasini ko‘radi. Faildan chiqib chiroyli harakat qildingmi? Respect va qo‘shimcha ballar.
Final bosqichi – Style Battle. Uch-to‘rt rayder bir vaqtning o‘zida maydonda. Bu oddiy zaezd emas, haqiqiy jam edi. Bu yerda faqat skill emas, balki flow ham hal qilardi – truklarni qanday bog‘laysan, stilni qanday ushlaysan, oqimda qanday harakat qilasan.
Eventning asosiy intrigasiga kelsak – PUBG MOBILE TDM 1x1
Maydonda truklar uchayotgan paytda, geymer zonasi ham qizib ketdi. PUBG MOBILE TDM 1x1 – qisqa, qattiq va xatosiz jang. 32 nafar o‘yinchi, play-off, bitta mag‘lubiyatdan keyin chiqish. Final – BO3. Har bir otishma oxirgi imkoniyat kabi. Qoidalar oddiy: 40 kill yoki 10 daqiqada eng ko‘p frag. Chempionlarni 100 000 so‘m miqdoridagi mukofot kutardi.
O‘yinchi Kaneki final janglari oldidan taassurotlari bilan bo‘lishdi: "O‘zimni juda yaxshi his qilyapman, chunki allaqachon mukofot jamg‘armasiga kirdim. Rostini aytsam, bu turnirga umuman tayyorlanmagan edim. Men doim TDM o‘ynayman. Turnir haqida yaqinda bildim, lekin darhol kelishga qaror qildim. Maqsadim oddiy – g‘alaba. Finalda Aomi ismli o‘yinchi bilan uchrashishni xohlayman. U MSQNMdan ko‘ra oldindan aytiladigan raqib, undan biroz qo‘rqaman. Oldin TDMda g‘alabalarim bo‘lgan, lekin bugungidek katta mukofot hech qachon bo‘lmagan. Bugun shaxsiy rekord o‘rnatishga umid qilaman".
Hat even BPL 5-mavsum MVP-si Mokki44 ham shu yerda edi: "BIGPLAY juda zo‘r event o‘tkazdi. TDMda ikki juda kuchli raqib chiqdi, bittasiga yutqazdim. Endi uchinchi o‘rin uchun kurashaman, lekin baribir mukofot bilan ketaman".
Kaneki MSQNMdan bekorga qo‘rqdimi? Yo‘q! Chunki PUBGM TDM (1x1) turnirining yakuniy natijasi shunday:
🥇 MSQNM
🥈 KANEKI
🥉 Mookki44
BIGPLAY Jam Contest shuni ko‘rsatdiki, ko‘cha sporti va kiberport birlashib, haqiqiy atmosfera yaratishi mumkin. Bu yerda yoshlar, kattalar, rayderlar va geymerlar yonma-yon turib, eventdan zavq olishdi va energiya bilan to‘ldilar.
Va bu faqat boshlanishi. BIGPLAY yana ko‘proq eventlar, ko‘proq emotsiyalar va ko‘proq mukofotlar tayyorlayapti. Bizni kuzatib boring – oldinda hammasi yanada kattaroq va yaxshiroq bo‘ladi.
0 izohlar