Sai1 Wolves’ning PMGO 2026 S2 g‘alabasi, Smash Rule va PMGC haqida

Jami ochkolar bo‘yicha uchinchi o‘rindan chempionlik, Miramar’ga qurilgan reja va g‘alaba ham yo‘qqa chiqarmaydigan xatolar. Sai1 Wolves’ning PMGO S2 tituliga olib borgan yo‘li va Smash Rule haqidagi takliflarini aytdi.
Wolves Esports Pokistonda o‘tgan PUBG Mobile Global Open (PMGO) 2026 Season 2 turnirining chempioni bo‘ldi. Jamoa hal qiluvchi o‘yinni Smash Rule qoidasi bo‘yicha yutib, turnirni jami ochkolar bo‘yicha uchinchi o‘rinda yakunladi.
Intervyumizda Wolves murabbiyi Sai1 jamoa turnirga qanday tayyorlangani, nega musobaqani Miramar’da yakunlashni rejalashtirgani va Smash Point chegarasiga yetgach nimalar o‘zgarganini tushuntirdi. Shuningdek, o‘yinlar orasidagi tahlillar, final formati va Turkiyada o‘tadigan PUBG Mobile Global Championship (PMGC) 2026 turniriga tayyorgarlik haqida suhbatlashdik.
Wolves’ning PMGO 2026 Season 2 turniriga tayyorgarligi
1. Turnirga tayyorgarlikni boshlagan paytdagi jamoa bilan solishtirganda, Wolves bu musobaqada qaysi jihatlarda kuchliroq edi? Ishlagan narsalaringizning qaysilari o‘yinlarda eng yaxshi ko‘rindi?
Menimcha, EWC 2026’ning Survival Stage bosqichidan boshlab jamoa dunyoning eng kuchli jamoalari bilan tengma-teng kurasha oladigan darajaga yetdi. O‘shandayoq yigitlar ulardan talab qiladigan narsalarimning aksariyatini bajarayotgan edi, lekin ozgina yetmay qoldi. Keyin xatolar sonini kamaytirib, Braziliyada ham, Pokistonda ham makroo‘yinni muayyan lobbiga moslab qurdik.
2. Finalning birinchi kunini 39 ochko bilan yakunladinglar, yetakchida esa 57 ochko bor edi. Hal qiluvchi kun oldidan tahlilga qanday yondashdinglar? O‘yiningizda nimalarni saqlab qolish, nimalarni o‘zgartirish kerak edi?
Biz katta o‘zgarishlar qilmadik, lobbidagi jamoalarning sur’ati va shaxsiy xatolarni muhokama qildik. Bunday darajadagi finallarda zona sen tomonga tushganida muntazam ochko ola bilishing kerak. Lekin bizda bunday zonalar ko‘p bo‘lmadi. Shuning uchun asosiy vazifa Miramar o‘yinlarigacha Smash Point chegarasiga yetib, turnirni o‘sha xaritalarda yakunlash edi, chunki bu bizning eng yaxshi xaritamiz.
Smash Rule va chempionlik keltirgan Miramar
3. Smash Rule bo‘yicha g‘alaba uchun kurashish imkonini beradigan ochkolarni yig‘ganingizdan keyin navbatdagi xarita uchun rejangizda nima o‘zgardi? Oddiy ochko poygasida boshqacha qabul qiladigan qaroringizga aniq misol keltira olasanmi?
Biz yana to‘qqizta jamoa bilan birga Smash Rule chegarasiga yetganimizda, amalda chempionlik uchun bo1 boshlandi. Zonaning ayrim siljishlarida ochko uchun o‘ynash va g‘alaba uchun o‘ynash bir-biridan juda farq qiladi. Shuning uchun vazifamiz keraksiz faytlarga kirishmaslik, resurslarni saqlab, imkon qadar to‘liq tarkib bilan leytgeymgacha yetib borish edi.
4. Chempionlik keltirgan xaritani tahlil qilsak, qaysi qaror leytgeymga g‘alaba imkoniyati bilan chiqishingizga yordam berdi? Oxirgi faytni hamma ko‘rdi, lekin undan oldingi qaysi vaziyatni tomoshabinlar yetarlicha baholamagan yoki sezmay qolgan bo‘lishi mumkin?
Cruz del Valle’ga aylanib kirish, keyin esa o‘sha tomondan 4K Esports’ni siqib chiqarish. Bu bizga chuqurliklar bo‘ylab liniyani o‘ynash imkonini berdi.
Murabbiy ishi, final formati va PMGC 2026’ga tayyorgarlik
5. Turnirda o‘yinlar orasidagi tahliling jamoaga aynan keyingi o‘yinda yordam bergan bir vaziyatni eslay olasanmi? Nimani payqading va o‘yinchilar bu maslahatdan qanday foydalandi?
Bu doim bo‘lib turadi, lekin mayda narsalarda. Ba’zida rotatsiya paytida oramizdagi masofani cho‘zib yuborib, birga yurmadik, ba’zida barcha utilitidan foydalanmadik va hokazo. Jamoalarning o‘zgargan sur’atini ham ko‘rsatib o‘tishim mumkin. Lekin o‘yinlar orasida barcha muammoni birdan hal qiladigan koll yo‘q. Bu unaqa o‘yin emas.
Shunga o‘xshash vaziyat sifatida bahorda biz yutgan PMGO 2026: Season 1 – Americas Finals esimda. Birinchi va ikkinchi kun orasidagi tahlilda dastlabki zonalarda ko‘proq himoyaviy o‘ynashni aytgandim. Chunki jamoalar g‘alati ishlar qilib, drayvbay bilan juda agressiv kirib kelayotgan edi. Shu sababli kutilmagan joylarda o‘yinchilarni yo‘qotib, to‘rttalamiz tirik qola olmayotgandik. Bu o‘zgarish darrov natija berdi.
6. Jami ochkolar bo‘yicha uchinchi o‘rinda turib chempion bo‘ldinglar. Bu tajribadan keyin Smash Rule’ni murabbiy sifatida qanday baholaysan? Bu format eng kuchli jamoani qanchalik aniqlay oladi va unga qanday qo‘shimcha talablar qo‘yadi? Qoidada nimani o‘zgartirish, qo‘shish yoki olib tashlashni xohlarding? Turnirlarning ikki kunlik final bosqichlarida SR ishlatilishi haqida nima deb o‘ylaysan?
Men hali PC PUBG o‘yinchisi bo‘lganimda, bir muddat turnirni o‘yinlarda eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa yutardi. Shuning uchun ochko uchun emas, g‘alaba uchun qanday o‘ynashni bilaman va bu Smash Rule paytida yordam beradi. Hamma jamoa ham bu farqni ko‘ravermaydi. Menimcha, final 3 kun bo‘lishi kerak va faqat shundagina Smash ishlatilishi lozim. Balki ikki kundan keyin birinchi va ikkinchi jamoa yoki, masalan, birinchi va beshinchi jamoa orasidagi ochkolar farqi belgilangan chegaradan oshsa, Smash’ni joriy qilish kerakdir. Yoki shunga o‘xshash biror yondashuv.
7. Bu g‘alaba jamoa o‘yinidagi qaysi muammoni baribir yo‘qqa chiqarmaydi? Chempion bo‘lganingizga qaramay, Turkiyada o‘tadigan PMGC 2026 oldidan nimani tuzatish kerak? PMGO S2’dagi g‘alaba jahon chempionatiga tayyorgarlikka qanchalik ta’sir qiladi? Pokistondagi g‘alabadan keyin tayyorgarlikka nimalarni kiritasizlar?
Rotatsiyalar vaqtida hech qanday sababsiz juda ko‘p o‘yinchi yo‘qotdik, buni kechirib bo‘lmaydi. Erangel’dagi o‘yinlarimiz ham ko‘ngildagidek emas. Shu yo‘nalishda ishlaymiz. Bu turnirgacha jahon sahnasida tir-1 jamoa deb atalish uchun harakat qilayotgan edik. Endi keyingi chempionatlarda shu “unvon”ni saqlab qolishimiz kerak.
0 izohlar
Izohlar mavjud emas