“U — BPL 9-mavsumining №1 noluvchisi”: Death o‘yinchisi komyunitidagi raqibi haqida
— Jamoangiz qanday shakllandi?
Death: Do‘stlar bilan yig‘ilib o‘ynab ko‘rdik va hammasi yaxshi ketayotganini tushundik. Shundan so‘ng shu tarkibda jiddiyroq darajada davom etishga qaror qildik.
— BPL 9-mavsum yopiq finalida top-1 natijani kutganmidingiz?
BOTIARA: Rostini aytsam, unchalik emas. Biz shunchaki o‘z o‘yinimizni o‘ynadik, xaritaga moslashmadik va shu orqali yaxshi natijaga erishdik.
— Hozirgi meta va shotgunlarni nerflash harakatlariga qanday qaraysiz? Agar дробовикlar metadan chiqsa, PUBG Mobile kiberporti qiziqroq bo‘ladimi?
Kijrop: O‘ylaymanki, ishlab chiquvchilar shotgunlarni zaiflashtirayotgan bo‘lsa ham, ular kamida keyingi ikki-uchta yangilanishda metadan chiqmaydi.
Death: Shotgunlar nerflanayotgani — bu yaxshi. Kiberport ancha qiziqarli bo‘ladi, lekin ular metadan butunlay chiqib ketishi dargumon.
BOTIARA: Ular metada qoladi, lekin ko‘proq o‘yinchilar PP ga o‘tadi deb hisoblayman.
— Jamoa ichidagi tushunmovchilik va kelishmovchiliklarni qanday hal qilasizlar?
Kijrop: Konfliktni hal qilish juda qiyin, lekin oxir-oqibat hammamiz xatolarimizni tan olish va boshqalarning fikrini tinglash kerak degan xulosaga kelamiz. Shu bilan birga, eng tajribali va kuchli o‘yinchimiz — BOTIARA ning fikri ustuvor bo‘ladi.
— PMSL g‘oliblari va PMGC ishtirokchilariga qarshi mahalliy turnirlarda raqobat qilish qiyinmi?
BOTIARA: Ha, albatta qiyin. Ammo hayajonni chetga surib, sovuqqonlik bilan o‘z o‘yiningni o‘ynasang va ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ymasang, yuqori natijaga erishish mumkin.
Kijrop: Juda qiyin. Jamoa bilan mukammal o‘zaro aloqada bo‘lish va tez qaror qabul qilish kerak. Hatto kol yomon bo‘lsa ham, har qanday vaziyatdan chiqib ketish mumkin — eng muhimi ishonish.
— Kelajakda qaysi tashkilot yoki jamoaga qo‘shilishni istardingiz?
Kijrop: Maqsadlarimizga erishish uchun jamoamiz bilan ishlash va xatolarni tuzatish yetarli deb o‘ylayman. Jamoani tark etishning ma’nosi yo‘q, boshqa jamoa yoki tashkilotlar ham qiziqtirmaydi.
Death: Men Fidain tashkilotiga qo‘shilishni xohlayman — nomi bor tashkilot, unga qo‘shilish orqali bu tegni yanada mashhur qila olamiz.
BOTIARA: Bitta aniq jamoa yoki tashkilotni ajrata olmayman. Eng muhimi — o‘z ustida ishlaydigan va rivojlanishga intiladigan yaxshi odamlar bo‘lishi.
— BPL S9 finalidagi g‘alabangizga qaysi jihatlar ko‘proq ta’sir qildi deb o‘ylaysiz? Killlar, zona kollari yoki qulay pozitsiyalar?
Kijrop: Hammasi zona va pozitsiyaga bog‘liq. O‘z pozitsiyangda turgan holda kill qilish qiyin emas, lekin ularning soni ko‘p bo‘lmadi. Asosiy jihatlardan biri — jamoaviy o‘yin.
Death: Bu sessiyada kapitan kollari va har bir o‘yinchining individual o‘yini juda katta rol o‘ynadi, deb aytmoqchiman.
— Komyuniti uchun nimadir qo‘shmoqchimisiz?
Kijrop: Jamoa bilan ko‘proq ishlash, boshqa o‘yinchilarning fikrini tinglash kerak, hatto ular noto‘g‘ri tuyulsa ham. Har qanday vaziyatdan chiqish yo‘li borligini unutmang.
Death: BETS — BPL 9-mavsumining №1 noluvchisi…
2 izohlar