«BPL S8’da ko‘pchilik stack’lar — faqat opponentdan highlight olishni xohlaydigan telbalar» — KOOP1N

Platformaning TOP jamoasidan o‘yinchi bilan intervyu — BAPE ESPORTS

Qanday qilib tanishib, BIGPLAY turnirlariga kelib qoldingiz?

KOOP1N: Kim kim bilan tanishganini, kim bu rosterni to‘plaganini bilmayman. Men kelganimda faqat TyseJyse bilan o‘ynash uchun keldim. Shu vaqt ichida, shu rosterda o‘ynab yangi yigitlarni tanib oldim. Platforma haqida esa, menimcha, hamma jamoalar biladi. Men inactive bo‘lishimdan oldin ham bu yerda turnirlar o‘ynardim, hozir ham o‘ynayman.

BPL S8’da siz ochkolar bo‘yicha ortda qoldirmoqchi bo‘lgan jamoalar bormi?

KOOP1N: Faqat MadBulls. Ularning o‘yini juda yaxshi, TULIKA hozir prime’da, yana shu faktni inkor qilib bo‘lmaydi – u yerda LEMON ham bor. Qolgan jamoalar esa hali ham avvalgidek bema’ni narsalar bilan shug‘ullanadi — masalan, 4 ta drive-by buggy’da. Ularning gameplay’i umuman o‘zgarmagan — oldingiday, faqat raqibdan highlight olishni xohlaydigan tentaklar bo‘lib qolishgan.

MadBulls haqida yana bir rofl — Valera “Pusher” va Andrey “TUL1KA” Lemonga cheat ishlatadi deb o‘zlari ayblashardi, yomonlab gapirishardi, endi esa u bilan birga o‘ynashyapti. Natija uchun nimalar qilinmaydi :)

PMNC O‘zbekistonida ko‘p jamoalar cheat tufayli uchib ketdi. Cheaterlar haqida nima deysan?

KOOP1N: Cheatlarga qarshiman, lekin agar mening jamoamda cheat bo‘lsa, men zavq bilan o‘ynardim. O‘zbekistonliklar haqida esa, ularga umuman ishonib bo‘lmaydi, ularning accountini har kim ishlatishi mumkin.

Mag‘lubiyatlar, muvaffaqiyatsizliklar va ichki konfliktlar bilan qanday kurashasizlar?

KOOP1N: Shunchaki e’tibor bermaymiz. Hech narsani tahlil qilmaymiz, turnirdan oldin ham, keyin ham trenirovka qilmaymiz. 10k def turnirlarga kiramiz va qandaydir qilib yutib olamiz. Jamoamizdagi uchta odamning Mobile Legends’da PUBG’dan ko‘proq soati bor.

Aytgan eding, jamoangizdagi ko‘pchilik MLBB’da PUBG Mobile’dan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘tkazgan. Battle royale’da katta maqsadlar yo‘qmi?

KOOP1N: Keyingi slotli turnirlar e’lon qilinsa, masalan PMCO kabi, tayyorlana boshlaymiz. Bu PMCO’da esa formamni qaytarishga ulgurmadim, chunki turnirdan oldin o‘yinga qaytgan edim. Yana jamoa ham turnir boshlanishidan bir necha kun oldin yig‘ildi, desak bo‘ladi.

Jamoangizda bizning turnirlarimizda “la’natlangan” spot bormi, undan qochishga harakat qilasizlar?

KOOP1N: Sosnovka. Ko‘pincha u yerda loot qilamiz, lekin agar samolyot yo‘nalishi Rojhok orqali o‘tmasa, uni MadBulls loot qiladi. Shunda biz undan qochamiz, chunki 4-0 qilib uchib ketishni istamaymiz.

O‘yindan bir qurolni olib tashlash imkoniyati bo‘lsa, qaysi birini o‘chirardingiz?

KOOP1N: Hamma shotgun’larni. Ular OP bo‘lib yurgan uzoq vaqt o‘tdi, agar olib tashlashsa, ko‘pchilik player yana anskill bo‘lib qoladi. Balki men ham. 99% clutch’lar — shotgun bilan.

BIGPLAY jamoangiz uchun qanday rol o‘ynaydi?

KOOP1N: Boshqa noofficial turnirlar kabi: faqat zavq uchun o‘ynash. Lekin BIGPLAY’da statistika va boshqa ko‘p funksiyalar bor — shuning uchun u boshqalardan ajralib turadi.

Sizdan nafrat tufayli chetlab o‘tiladigan jamoa yoki playerlar bormi?

KOOP1N: Ko‘p playerlar bilan konfliktlarim bo‘lgan, lekin endi kim bilan nima sababdan urishganimni eslay olmayman, shuning uchun har qanday odam bilan o‘ynardim. Faqat 17-18 yoshga to‘lmagan maktab o‘quvchilaridan qochardim — ular yoshligi sababli doim biron bema’ni ish qiladi.

Nimadir qo‘shimcha qilmoqchimisiz?

KOOP1N: Bu o‘yin axlatini o‘ynamaslik, hayotda o‘zingni ko‘rsatish kerak. GBRUTE’ni sog‘indim.

Likes
Comments1
04.09.2025

1 izohlar

Izohlar mavjud emas