STRICT bilan CAVE ESPORTS haqida intervyu
Amatyor kibersport sahnasida faoliyat yuritayotgan, CAVE ESPORTS tashkiloti uchun o‘ynayotgan jamoa sardori Ivan "STRICT" Boyko bilan intervyu. Ushbu jamoa platformaning TIER 1 jamoalaridan biri bo‘lib, BigPlay.gg reytingida yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
1. Jamoangiz qanday yig‘ildi va qancha vaqtdan beri birga o‘ynayapsizlar?
Hozirda biz besh kishidan iborat jamoa sifatida o‘ynayapmiz: men (STRICT), Keep, YTKA, KRAKKEN va EFFYIS. Bu tarkibda biz hozircha faqat bir yarim haftadan beri birga o‘ynayapmiz. Bu rejalashtirilgan tarkib o‘zgarishi emas, balki tasodifiy holat bo‘ldi. Biz bir o‘yinchi izlayotgan edik, lekin sentabr oyida yana bir o‘yinchi tarkibni tark etdi, shu bois biz ikki o‘yinchi topishimiz kerak edi. Shundan so‘ng, biz YTKA va EFFYIS bilan tanishib, birga o‘ynab ko‘rdik. Hammaga maqul bo‘ldi, shuning uchun hozirgi tarkib bilan o‘ynayapmiz.
2. Kuchli jamoalarga qarshi qanday tayyorgarlik ko‘rasiz? Ularga qarshi qandaydir maxsus taktikalar bormi?
Kuchli jamoalarga qarshi maxsus tayyorgarlik yoki taktika mavjud emas. Biz asosan har bir kartada raqib joylashgan nuqtalarni tahlil qilishga e’tibor qaratamiz. Ularning drop zonalari qayerda ekanini bilib olamiz, agar ular bizning yaqinimizda bo‘lsa yoki biz bilan bir xil joyga tushsa, shu holatda ularning o‘yin uslubi va harakatlanish yo‘nalishlariga moslashamiz. Kuchli jamoa o‘yindan oldin boshqalardan farq qilmaydi, ammo o‘yin jarayonida farq qiladi: tez fikrlash va vaziyatga moslashish kerak bo‘ladi. Umuman olganda, boshqa raqiblarga tayyorgarlik ko‘rish qanday bo‘lsa, kuchli jamoalarga ham shunday tayyorgarlik ko‘riladi.
3. Har bir kartaga strategik jihatdan qanday tayyorlanasiz va o‘zingizga xos o‘yin uslubingiz bormi?
Bizning jamoamizda alohida o‘ziga xos o‘yin uslubi yo‘q. Biz tanlagan spotalarga asoslangan holda odatiy "chekka o‘yin" uslubida o‘ynaymiz. Dastlab tanlagan joyni maksimal darajada nazorat qilishga harakat qilamiz. Keyin zona o‘zgarishlariga qarab qaror qabul qilamiz: agar zona biz tomon o‘zgarsa, joyimizda qolamiz va uni kuchaytiramiz. Agar zona bizdan uzoqlashsa, keyingi chekkani tanlab, shu joy uchun kurashamiz. Umuman olganda, odatiy uslubdan farq qilmaydi.
4. Jamoa sifatida oldingizga qanday maqsadlar qo‘ygansiz? Yaqinlashib kelayotgan turnirlar va mavsum rejalar haqida nima deya olasiz?
Hozirgi paytda bizning asosiy maqsadlarimiz — kunlik rivojlanish, jamoaviy va shaxsiy o‘sish, chunki biz yaqinda yig‘ilganmiz. O‘sish yo‘nalishini belgilashimiz, yosh o‘yinchilarni rivojlantirishimiz va o‘zimiz ham o‘qishni davom ettirishimiz kerak. Hozircha ichki dinamikani yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratamiz. Keyinchalik, rasmiy turnirlar haqida e’lonlarni kutamiz va qatnasha oladigan birinchi rasmiy turnirni yutishga tayyorlanamiz.
5. Muvaffaqiyatli jamoa sardorida qanday fazilatlar bo‘lishi kerak?
Yaxshi sardor bo‘lish uchun o‘yinni chuqur tushunish kerak. Ko‘pchilik yosh o‘yinchilar faqat o‘yinni tushunish kifoya deb o‘ylaydi, lekin sardor, shuningdek, yuqori darajada stressga chidamli bo‘lishi kerak, chunki o‘yin davomida va undan tashqarida muammolarni sovuqqonlik bilan hal qila olish kerak. Sovuqqonlik har bir o‘yinchiga ham kerak. Sardor, shuningdek, kuchli muloqot qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Stressli vaziyatlarda g‘oyalarni jamoaga tushunarli tarzda yetkazish muhim. Diqqat-e'tibor ham zarur, chunki kichik tafsilotlarni boy bersangiz, o‘yin butunlay boshqacha yo‘nalishga o‘tishi mumkin. Shuningdek, sardor jamoa ruhini ko‘tarishi va kerakli vaqtda jamoani imkonsiz narsaga ishontirishi kerak.
6. Jahon sahnasidagi qaysi o‘yinchi yoki jamoalar darajasiga erishishni istaysiz?
Albatta, dunyo sahnasida ko‘plab jamoalar bor, ular darajasiga intilish mumkin. Jahon sahnasi — bu jamoamiz va o‘yinimizni rivojlantirish uchun katta bilim manbai. Shunga o‘xshash spotlardan o‘ynaydigan jamoalarni kuzatish biz uchun juda foydali; biz uchun bu Vampire Esports va Team Spirit jamoalari. Ikkalasi ham kuchli jamoalar bo‘lib, ulardan o‘yin strategiyalari va qiziqarli rotatsiyalarni kuzatish, tajribalarini o‘rganish orqali biz ham o‘zimizni yaxshilashimiz va ancha kuchli bo‘lishimiz mumkin.
Dastlabki intervyu Telegramdagi FREE AGENTS kanalida ovozli xabar shaklida olingan.
3 izohlar