“Jamoalarimiz nihoyat o‘zini qo‘lga olsa edi.” KIPPABOSS — turnirlarda pro va havaskor jamoalarning jiddiy emasligi haqida

BPL S10 finalchilari bilan intervyu

– Aynan shu tarkib bilan yo‘lingiz qanday boshlandi? Qanday tanishgansizlar?

KIPPABOSS: Bizni tanishganimizni, desak, kutilmaganda bo‘lgan. Men allaqachon to‘liq media tomonga o‘tishni o‘ylab yurgandim — biror taklif yoki off-turnir bo‘lishidan oldin. AFK o‘tirgim kelmasdi, lekin o‘sha paytda boshqa yo‘l yo‘qdek tuyulgan. Shunda “Zinochka” — PMCS CEO’si men bilan bog‘lanib, men uchun yaxshi imkoniyat va taklif bilan chiqdi.

– Lokal sahnada siz doim ayniqsa jiddiy o‘ynaydigan raqib bormi? Nega?

MED: MADBULLS — juda kuchli jamoa, chempion darajadagi o‘yinchilari bor. Tulike va Pusher juda omadli bo‘lishdi: ular bizning komyuniti ichidagi eng kuchli bog‘lamalardan biri bo‘lgan Limon va Flipni o‘z vaqtida jamoaga olishdi — “juda zo‘r duet, men doim ularga tenglashaman.”

KIPPABOSS: Rostini aytsam, har bir o‘yinchi va jamoa uchun eng katta raqib — o‘zining o‘zi. Kim kamroq xato qilsa, o‘sha yutadi. Albatta, tajribasi ko‘p bo‘lganlar buni ancha kam qiladi. Biz uchun hozirgi raqib — bu o‘z xatolarimiz.

– Xalqaro tajribaga ega yoki katta yutuqlari bor jamoalarga qarshi BPL’da o‘ynash qanchalik qiyin?

MATVIC: Balki umuman qiyin emas. Match paytida bu haqida o‘ylamaysan — lobbidagi jamoalar yoki o‘yinchilar haqida. Faqat kill chat’da e’tibor berish kerak bo‘lishi mumkin. Chunki butun diqqating o‘zingning o‘yiningga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarning o‘yiniga emas.

FUY3U: Ularga qarshi o‘ynash ancha qiyin, chunki ularda katta tajriba bor va jamoaviy timspeak juda ham uyg‘un.

KIPPABOSS: Qiyin joyi — ularning ishonchi va aniq harakatlari. Ular xato qilishdan qo‘rqmaydi va xatoni havaskor jamoalarga qaraganda ancha kam qiladi.

– Hozirgi metada bitta narsani o‘zgartirish kerak bo‘lsa, nima bo‘lardi?

KIPPABOSS: 50 metr uzoqlikdan дробовик bilan bir zarbada “shot” bo‘lib ketishimni o‘zgartirardim.

MED: Qurollarda eski recoil va uronni qaytarish, SMG uronini buff qilish. Droboviklar esa 4.2 patchdagi holatida qolishi kerak.

MATVIC: AR qurollarining spreadini oshirish kerak, chunki har ikkinchi o‘yinchi 300 metrga hech qanday harakatsiz “ideal spray” qila oladi. Shuningdek, uzoq masofada drobovik uronini minimal darajagacha tushirish kerak.

– BPL 10-mavsumdagi o‘yiningizni qanday baholaysiz? Mavsum davomida progress bo‘layotganini his qildingizmi?

KIPPABOSS: Reytingda ishonchli ko‘tarilyapmiz. Men faqat progressni ko‘ryapman va jamoam hamda ularning mehnatidan faxrlanaman!

MED: Agar boshida reytingim butunlay past bo‘lmaganida, topga ancha oldinroq kirgan bo‘lardim — buni hozir yigitlarim ko‘rsatib turibdi. Eng muhimi — barqarorlik.

– Sizni ilhomlantiradigan o‘yinchilar yoki jamoalar bormi?

KIPPABOSS: Ha, SASAVOTning CS2’da o‘z pатиси bilan o‘ynashini tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Ularga qarab o‘rnak olaman.

FUY3U: GOAT TEAM — ular yaqinda yig‘ilgan bo‘lsa ham, darrov jahon sahnasida o‘zini ko‘rsatdi.

MED: Albatta MADBULLS. Hali ham hayronman: shunchalik kuchli aura’ga ega o‘yinchilar birlashib, zo‘r sinergiya ushlashgan.

Yopiq finalgacha oz qoldi — g‘alaba uchun kelasizlarmi yoki barqaror va munosib o‘yinga urg‘u berasizlarmi?

MED: Eng muhimi — jamoa ichidagi atmosfera. Agar hammasi tushunish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga qurilgan bo‘lsa — bu WW!

KIPPABOSS: Har bir matchda g‘alaba uchun tushamiz va shu maqsadni bajarish uchun hamma narsani qilamiz, lekin har doim ham hammasi reja bo‘yicha ketavermaydi.

– Yakunda, o‘zingizdan nimadir qo‘shmoqchimisiz?

KIPPABOSS: Jamoalarimiz nihoyat o‘zini qo‘lga olib, turnirlarni samarali o‘ynashni boshlashini xohlayman — ham pro, ham havaskor jamoalar. Hozir rostini aytsam, faqat bir-ikkita jamoani turnirlarda jiddiy, g‘alaba uchun o‘ynayapti deb ayta olaman. Qolganlarga esa motivatsiya va o‘z ustida samarali ishlashni tilayman — hayotda ham, o‘yinda ham.

MED: Media’ingni rivojlantir — bu senga “podushka” bo‘ladi. Sen Limon emassan.

Likes
Comments0
15.01.2026

0 izohlar

Izohlar mavjud emas